09:27 / 27.03.2021
1 652

Maktablarda 4-chorak 29 martdan boshlanadi

Maktablarda 4-chorak 29 martdan boshlanadi
O‘zbekiston maktablarida 29 martdan 4-chorak boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hozirda fuqarolardan bahorgi ta’til uzaytirildimi, degan juda ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Mazkur savolga javoban Xalq ta’limi vazirligi bahorgi ta’til 28 martgacha davom etishi, 4-chorakning ilk kuni 29 mart ekanini yana bir bor ma’lum qildi.

Shuningdek, yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda, gibrid shakldagi ta’limga ruxsat etilganini, qaysidir maktab yoki hududdagi epidemiologik vaziyatga qarab maktab karantinga yopiladigan bo‘lsa, ushbu maktab o‘quvchilari vaziyat barqarorlashguniga qadar vaqtincha ta’limni onlayn shaklda davom ettirishi mumkinligini eslatib o‘tamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktablarda 4-chorak 29 martdan boshlanadi