
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.01.2002 yildagi 26-sonli qaroriga muvofiq notarius pul olish, mulkni qaytarish yoki berish bilan bog‘liq notarial tasdiqlangan bitim shartlari bajarilmagan taqdirda, qarzni so‘zsiz undirish to‘g‘risida ijro xati chiqarishi va ijrosini ta’minlash uchun Majburiy ijro byurosi organlariga yuborishi mumkin.
Majburiy ijro byurosi Buxoro shahar bo‘limi ish yurituviga qarzdor A.O‘tkirovdan undiruvchi “BETTA GAMMA INVEST MIKROKREDIT TASHKILOTI” MCHJ foydasiga 60,6 million so‘m pul mablag‘i undirish to‘g‘risida notarius ijro xati kelib tushgan va ijro harakatlari o‘tkazishga kirishilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida mikrokredit uchun garovga qo‘yilgan “DAMAS” rusumli avtomashina xatlangan va jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Hozirda avtomashina 65,7 mln. so‘mga baholanib, “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarilgan.
Har qanday huquqiy hujjat oqibat keltirib chiqarishini unutmaslik lozim. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar