23:43 / 01.04.2021
1 476

Bojxonachilar giyohvandlik vositalarini yashash xonadonida noqonuniy saqlayotgan shaxsni fosh etishdi

Bojxonachilar giyohvandlik vositalarini yashash xonadonida noqonuniy saqlayotgan shaxsni fosh etishdi
Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarini noqonuniy saqlash va realizatsiya qilinishiga qarshi kurashish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumot asosida Qo‘shtepa tumanida tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro X.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, xonadondagi gilam ostida va mebel ichiga sellofan paketga o‘rab joylangan yashil rangli hamda o‘tkir hidli 87 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar giyohvandlik vositalarini yashash xonadonida noqonuniy saqlayotgan shaxsni fosh etishdi