Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida o‘zganing avtomobilini minib qochgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Tergov departamenti.
Ma’lum qilinishicha, Marg‘ilon shahar IIBga 27 yoshli Abduqahhor K. ismli fuqaro murojaat qilib, 1 aprel kuni soat 11:45 da shaharning Serquyosh ko‘chasida joylashgan uyining oldida o‘ziga tegishli Spark rusumli avtomashinasini qoldirib, yashash xonadoniga kirib ketgani, oradan bir oz vaqt o‘tgach, ko‘chaga qaytib chiqqanida avtomashinasi yo‘q ekanligini ma’lum qilgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan tergov-tezkor guruhi yetib borib, viloyat miqyosida «to‘sib ushlash» tadbiri e’lon qilingan va Abduqahhor K.ga tegishli Spark rusumli avtomashinani muqaddam bosqinchilik, o‘g‘rilik jinoyatlari uchun bir necha marotaba sudlangan 33 yoshli Otabek A. mast holatda Farg‘ona shahri «Beshbola» MFY hududida boshqarib ketayotganida ushlangan.
Tergov harakatlari davomida Abduqahhor K. avtomashinasining eshigini ochiq va kalitini o‘t oldirish joyida qoldirib ketganligi sababli ushbu jinoyat yuz berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Otabek A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu modda bilan ayb e’lon qilingan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi