17:50 / 06.04.2021
1 593

Ijro jarayonida qarzdorliklar undirilmoqda

Ijro jarayonida qarzdorliklar undirilmoqda
Majburiy ijro byurosining Yangihayot tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 05/03/2021 yildagi ijro varaqasiga ko‘ra, qarzdor "GLORY GAZ SERVIS" MCHJdan tuman DSI foydasiga 581.547,5 ming so‘m undirish belgilangan.

Olib borilgan ijro harakatlari jarayonida tuman DSI foydasiga 581.547,5 ming so‘m to‘liq undirildi.

Shuningdek, Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 14.10.2019 yildagi 4-1001-1909/17876-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor "IJARA QURILISH" korxonasidan undiruvchi "Oriyent Finans" XATB foydasiga jami 122.120,9 ming so‘m undirish belgilangan.

Davlat ijrochisi A.Rashidov tomonidan olib borilgan ijro harakatlari jarayonida qarzdor jamiyatdan 122.120,9 ming so‘m bank foydasiga to‘liq undirilib mazkur ijro ish yurituvi Qonunning 41-moddasi asosan tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ijro jarayonida qarzdorliklar undirilmoqda