3 488
Toshkent metrosida qo‘shiq kuylayotgan «Golos» loyihasi ishtirokchisi Sabina Mustayeva
Foto: Instagram / @sabina_mustaeva
Rossiyaning «Golos» loyihasida ishtirok etib, tomoshabinlar e’tiborini qozongan, bir qancha nufuzli xalqaro festivallar ishtirokchisi − Sabina Mustayevaning Toshkent metrosida qo‘shiq kuylayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.
«Uyga ketyapman, metroga tushdim va bu yerda ajoyib akustika mavjudligini his etdim. Nega bu yerda qo‘shiq kuylamay?», — deydi Sabina. Xonanda gollandiyalik qo‘shiqchi Dunkan Lourensning «Arcade» qo‘shig‘ini xirgoyi qilgan.
Ma’lumot uchun, Toshkentda tug‘ilib o‘sgan Sabina Mustayeva – «Iqtidorli bolalar» tanlovining Gran-pri sohibasi (Toshkent, 2011). Bundan tashqari, u «Yulduzli Qrim» («Zvezdniy Krim») xalqaro tanlovida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan (Livadiya, 2012). Estrada va akademik ijrochilik respublika tanlovi laureati, Toshkentdagi musiqa maktablari o‘quvchilari orasida o‘tkazilgan «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni» tanlovida Gran-priga sazovor bo‘lgan.
— Shukhrat (@bankir2102) April 9, 2021
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda Sabina Mustayeva Rossiyadagi «Golos. Deti» loyihasi ikkinchi mavsumida g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, Sabina Latviya poytaxtida bo‘lib o‘tgan jaz ijrochilarining Riga Jazz 2016 xalqaro tanlovi superfinaliga chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi