2 365
DXX xodimlari Andijonda 100 gektar yerni 128 ming dollarga sotishga uringan hokimiyat xodimini ushladi
DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda yer sotish bilan bog‘liq bir nechta firibgarlik holatlariga chek qo‘ygan. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xususan, viloyat hokimligi huzuridagi kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi xodimi 2 nafar sherigi bilan o‘zaro til biriktirib, mahalliy fuqaroga fermer xo‘jaligi tashkil qilishi uchun Xo‘jaobod tumani xokimiyatidagi mansabdor tanishlari orqali 100 gektar yer ajratib, tegishli hujjatlarni tayyorlatib berish evaziga undan 128 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.
Qayd etilishicha, tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida mazkur shaxslar o‘zlarining bu yordamlari uchun muqaddam avans sifatida 7 ming AQSH dollari olganliklari aniqlangan.
Shuningdek, olgan pullarining 70 ming AQSH dollarini Andijon viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasida ishlovchi tanishiga berishlari kerakligi ma’lum bo‘ldi va tezkor tadbir davom ettirilib, u ham pul olgan vaqtida ushlandi. Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?