11:17 / 17.04.2021
2 177

«Neksiya»dagi 16 kg. “mo‘miyo”ni yashirish naf bermadi


Chegara bojxona postlari orqali tovar-moddiy boyliklarni bojxona nazoratidan yashirib olib kirilishiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro Yu.Sh. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada mazkur avtotransport vositasining old kapoti ostida va eshiklarining ichiga yashirilgan, xorijda tayyorlangan hamda sifatini kafolatlovchi birorta hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 16 million so‘mlik 16 kg “mo‘miyo” borligi aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining qaroriga asosan jarima va huquqbuzarlik ashyosi bo‘lgan “mo‘miyo” mahsulotlarini yo‘q qilish jazosi qo‘llandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Neksiya»dagi 16 kg. “mo‘miyo”ni yashirish naf bermadi