08:35 / 26.04.2021
671

Sergelida Isuzu bilan to‘qnashgan Damas ag‘darilib ketdi

Sergelida Isuzu bilan to‘qnashgan Damas ag‘darilib ketdi

Toshkent shahar Sergeli tumanida Isuzu va Damas ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 26 aprel kuni soat 07:00 larda Toshkent shahar, Sergeli tumani, TXAY ko‘chasida haydovchi, 1970 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomobili hamda haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada haydovchilar va bir nafar yo‘lovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Sergelida Isuzu bilan to‘qnashgan Damas ag‘darilib ketdi