20:17 / 30.04.2021
4 683

Sardoba suv omborida yuz bergan falokatning asosiy sabablari ma’lum qilindi


AOKAda 30 aprel kuni o‘tkazilgan maxsus brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Abdulla Qo‘ldoshev Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi sabablarini ma’lum qildi.

FVV vakilining qayd etishicha, olib borilgan tadqiqot va tahlillar natijasiga ko‘ra, to‘g‘on o‘pirilishiga bir qator omillar sabab bo‘lgan.

Birinchidan, Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan buyurtmachi xizmatini tashkil etish, loyihalashtirish va qurilish ishlarini olib borishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilgan. Inshootni to‘laqonli ekspluatatsiya qilishda mazkur suv omboridan foydalanish qoidalari tasdiqlanmagan, bu jarayonda belgilangan texnik va me’yoriy talablar qo‘pol ravishda buzilgan.

Ikkinchidan, «UzGip» MCHJ loyiha tashkiloti tomonidan suv omborining ishchi loyiha hujjatlarini tayyorlash jarayonida tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslarda belgilangan yechimlarga rioya qilinmasdan, unga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Ishchi loyiha hujjatlarida to‘g‘onning konstruktiv va seysmik mustahkamligi inobatga olinmagan.

Uchinchidan, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning pudrat tashkiloti va yordamchi pudrat tashkilotlari tomonidan to‘g‘on tanasi tuprog‘ining zichligi, filtr va himoya tosh qatlami qalinligi loyihaviy ko‘rsatkichdan past bo‘lishiga yo‘l qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sardoba suv omborida yuz bergan falokatning asosiy sabablari ma’lum qilindi