10:46 / 17.05.2021
9 405

5 oylik kelinchakni zo‘rlashdi — 5 nafar aybdor ozodlikda... (video)


Foto: Videodan kadr
Andijon viloyatidagi dala shiyponida 5 oylik kelinchak 5 nafar erkak tomonidan zo‘rlanganligi haqida video YouTube tarmog‘ida tarqaldi.

Unga ko‘ra, joriy yil 13 may kuni kelinchak dala shiyponida idishlarni yuvish uchun chiqqanda, 5 nafar mast erkak uni majburlab shiyponga olib kirib, qo‘l oyog‘ini boylab, ikki soat zo‘rlashgan.
«Meni kappani ichiga olib kirib ketib, oyoq qo‘limni bog‘lashdi. Ularning to‘rttasi meni ushlab turdi, bittasi majburladi. Erim bor deyishimga ham qaramadi», — deydi jabrlanuvchi.

Kelinning opasi aybdorlar hali ham ozodlikda yurganini, ularga qonuniy chora ko‘rilmayotganidan shikoyat qilgan.
«Mahalladagi 5 ta haromi singlimni zo‘rlashdi. 5 oylik kelinchak bo‘lsa, birovga yomonligimiz tegmagan bo‘lsa, men bu 5 nafar erkakga qonuniy chora ko‘rishlarini istayman. Nimaga shu qilg‘iliqni qilgan beshalasi hali ham ozodlikda yuribdi?» — deydi u.
IIV mazkur holat yuzasidan izoh bergan.
2021 yil 13 may kuni fuqaro O.O. «102»ga qo‘ng‘iroq qilib, shu kuni soat 14:00 larda Andijon tumani Qoraqolpoq MFYda joylashgan dala shiyponida fuqarolar unga nisbatan zo‘rlik ishlatib jinsiy aloqada bo‘lishganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joyga Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi rahbarligidagi tergov-tezkor guruhi voqea joyiga chiqib, hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilgan va videotasvirga olingan.

Tergovga qadar tekshirish harakatlarini to‘laligini ta’minlash maqsadida O.O.ga tegishli bo‘lgan qizil qora rangli ayollar ko‘ylagi va boshqa kiyimlari daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirokida olingan.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, sudga oid biologik ekspertiza va sudga oid ekspertiza tayinlangan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 5 oylik kelinchakni zo‘rlashdi — 5 nafar aybdor ozodlikda... (video)