08:00 / 19.05.2021
1 610

Sog‘liqni saqlash tizimida yangi lavozimlar joriy etiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18 may kuni sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq tibbiyot muassasasi bor. Ayni paytda 423 ta birlamchi tibbiyot muassasasi «Elektron poliklinika» axborot tizimiga ulangan.

Lekin yangicha ishlash uchun hamma joyda ham sharoit zo‘r emas. Ayrim tibbiyot muassasalarida kompyuter yetishmaydi. Sohani raqamlashtirish uchun bu yil budjetdan 28 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa-da, bu boradagi ishlar sust kechmoqda.

Shu bois, viloyat tibbiyot boshqarmalarida raqamlashtirish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tashkil etilishi belgilandi. Shuningdek, barcha tibbiyot muassasalarida elektron tizim bilan ishlaydigan 2 mingta operator-hamshira vazifasi joriy etiladi.

Shu yil 1 avgustga qadar elektron order tizimini ishga tushirib, barcha hududlar va ixtisoslashgan markazlarni ulash, 1 noyabrga qadar Toshkent shahridagi barcha poliklinikalarni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sog‘liqni saqlash tizimida yangi lavozimlar joriy etiladi