12:28 / 29.05.2021
2 012

O‘zbekistondagi 65 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi bekor qilindi


Xususiy bandlik agentliklari tomonidan 2019—2020 yillarda 3 ming 300 ga yaqin fuqaro Rossiya, Turkiya kabi davlatlarga qonuniy tarzda ishga joylashtirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari ma’lum qildi.

«Bugungi kunda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining xususiy bandlik agentliklari reyestridan 106 ta yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 78 tasiga xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya taqdim etilgan.

O‘tgan davr mobaynida 65 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi bekor qilinib, ularning soni bugungi kunda 13 tani tashkil etmoqda. 13 taning 5 tasi faoliyat yuritmoqda, 8 tasining jamg‘arma puli shakllantirgunga qadar faoliyati to‘xtatilgan.

2019—2020 yillarda XBAlarning sa’y-harakati natijasida 3 ming 300 ga yaqin fuqaro Rossiya, Turkiya kabi davlatlarga qonuniy tarzda ishga joylashtirildi. Biroq xususiy bandlik agentliklari tomonidan litsenziya talablari va shartlarini buzish holatlari uchramoqda», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi 65 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi bekor qilindi