17:08 / 01.06.2021
2 306

Shavkat Mirziyoyev Sherobodda anorchilik bilan shug‘ullanuvchi oila bilan suhbatlashdi


Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida 1 iyun kuni Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketgandi. Prezident viloyatga tashrifini Sherobod tumanidan boshladi.

Tashrif davomida davlat rahbari Sherobod tumanidagi «Kattabog‘» mahallasida bo‘lib, anorchilik bilan shug‘ullanuvchi Karimovlar oilasi bilan suhbatlashdi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ularing suhbati aks etgan videoni e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 6 kishi yashaydigan ushbu oilada anorchilik bilan shug‘ullanish avloddan avlodga o‘tib kelayotgan kasb hisoblanadi. Shavkat Mirziyoyev oila boshiga orden berishini bildirdi.
«Mehnat bo‘lmasa, daromad bo‘lmaydi. Tomorqada qilgan mehnatingiz uchun rahmat. Har bir xonadonni sizning oilangizga o‘xshab o‘zi mehnat qilishiga o‘rgatib olsak edi, davlatimizda kam ta’minlangan oilalar bo‘lmasdi», — degan Prezident ularga qarata.

Sherobodlik oqsoqollar O‘zbekiston xalqi va Prezidentga ezgu niyatlar tilab, duo qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda rasmiy tashrif bilan 1–2 iyun kunlari bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Sherobodda anorchilik bilan shug‘ullanuvchi oila bilan suhbatlashdi