13:45 / 14.06.2021
1 837

Bojxonachilar “Avtobus” operatsiyasini fosh etishdi


Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan respublikamizga avtotransport vositalarining noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘yishmoqda.
  
Jumladan, Kontabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlar asosida navbatdagi tezkor holatda “G‘ijduvon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida yurtimizdagi MCHJ nomiga chetdan keltirilgan avtobus bojxonada rasmiylashtirish jarayonida qing‘irlikka qo‘l urilgani aniqlandi.

Gap shundaki, hujjatlarda ushbu texnika 2019 yilda ishlab chiqarilgani qayd etilgan bo‘lsa-da, ammo transport vositasi holatining ekspertiza natijalari buni tasdiqlamadi. O‘rganishlar davomida ishlab chiqarilgan yilini anglatuvchi VIN raqamlari xalqaro me’yor talablari asosida ishlab chiqarilgan korxona tomonidan urilmaganligi, avtobus 2019 yilda emas aslida 2013 yilda ishlab chiqarilganligi aniqlandi.

Bularning barchasi esa mazkur texnika 2013 yilda ishlab chiqarilganligini anglatadi. Ma’lumotlarni soxtalashtirish orqali yuk egasining bojxona to‘lovlaridan qariyb 965 mln.  so‘mlik imtiyozlarni qo‘lga kiritish rejasi naf bermadi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar “Avtobus” operatsiyasini fosh etishdi