22 iyun kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan startap loyihasi muhokama qilindi.
Ma’lum qilinishicha, «Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun profilaktik poyabzalning samarali texnologiyasini yaratish va konstruksiyasini ishlab chiqish» loyihasi ustida yosh olima tadqiqot olib borgan.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ilmiy tadqiqotchisi Madina Muhammedova tomonidan ishlab chiqilgan ushbu loyihani 313,2 million so‘mga moliyalashtirish qaror qilindi. Loyihani «Shoes and healthy feet» MCHJ korxonasi Buxoro shahri va Romitan tumani hududida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Poyabzal qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar tovonidagi deformatsiyaning kelib chiqishini oldi oladi va profilaktik poyabzalni qo‘llash orqali tovondagi qorason kasalligini jadallashuvini 45 foizga kamaytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi”
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi