Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida qalbaki pul ishlab chiqargan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 20 may kuni A.Z. IIBga murojaat qilib, 24 aprel kuni noma’lum shaxs tuman markazida «Red Mi 8» telefonini 1 million 550 ming so‘mga sotib olishga kelishib, to‘lov uchun unga 1 dona 50 dollarlik va 1 dona 100 dollarlik qalbaki pullarni berib ketganini bildirgan.
Sud kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, har ikki kupyuradagi pullar poligrafik usulda nusxa ko‘chirib ko‘paytiruvchi rangli printer yordamida tayyorlangani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.R. sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi