12:16 / 05.07.2021
2 686

Revmatizm rivojlanayotganidan darak beruvchi simptomlar


Foto: «Domashniy ochag»
Biriktiruvchi to‘qimalarning yallig‘lanishi hisoblangan revmatizmda yurak, bo‘g‘in va qon tomirlaridan tashqari, markaziy nerv sistemasi, nafas a’zolari va oshqozon-ichaklar trakti aziyat chekadi. Salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolar kelib chiqishining oldini olish uchun kasallikka xos simptomlarni bilish va erta tashxis qo‘yish muhim sanaladi.

Charchoq
Yengil depressiya va ruhiy siqilish bilan kechadigan revmatoid artritga xos ilk simptom sanaladi. Aksariyat hollarda bu bemorning gripp yoki boshqa virusli kasalliklardan tuzalayotgan bemorning holsizligiga o‘xshab ketadi. Holsizlik sizning doimiy hamrohingizga aylangan bo‘lsa, shifokorga borishni unutmang.

Tana haroratining pasayishi
Revmatoid artrit rivojlanayotganidan darak beruvchi yana bir simptom tana haroratining doimiy ravishda past bo‘lishi sanaladi. Ayrim yashirin kechuvchi yallig‘lanish jarayonlari past hamda ko‘tarilmaydigan harorat bilan namoyon bo‘ladi. Agar bu belgi boshqa alomatlar bilan birga kechsa, shifokorga borishni kechga qoldirmaslik kerak.

Vazn va ishtahaning yo‘qolishi
Artrit tanadagi to‘qimalarda rivojlanadigan yallig‘lanish jarayoni hisoblanadi. Ishtahaning bo‘g‘ilishi va buning natijasida vazn kamayishi esa unga xos belgilardan sanaladi. Umuman olganda sababsiz vazn yo‘qolishi rad qilish kerak bo‘lmagan o‘zgarish sanaladi.

Og‘iz va ko‘zlarning qurishi
Og‘iz va ko‘zlarning qurishi ham revmatoid artritga xos keng tarqalgan alomatlardan hisoblanadi va aksariyat hollarda boshqa odatiy simptomlardan ertaroq paydo bo‘ladi.

Ko‘krak sohasida og‘riq
Ayniqsa, nafas olganda kuzatiladigan ko‘krak sohasidagi og‘riq ham revmatoid artrit bilan bog‘liq bo‘ladi. Gap shundaki, ba’zi bemorlarda yallig‘lanish o‘pka, yurak sohasida rivojlanadi va shuning uchun ham nafas olish jarayoni og‘riqli bo‘ladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham o‘qtin-o‘qtin takrorlanadigan ko‘krak sohasidagi og‘riq mutaxassisga murojaat qilish uchun jiddiy sabab bo‘la oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Revmatizm rivojlanayotganidan darak beruvchi simptomlar