20:00 / 17.07.2021
3 970

Surxondaryoda yosh ayolning sochi kesilib, samosud qilinishi yuzasidan bayonot berildi


Foto: Surxondaryo viloyati IIB
Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida 29 yoshli ayolni qaychi tiqib, sochlarini kesib samosud qilishgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 17 iyun kuni soat 08:00larda B.E’zoza o‘zining farzandi, voyaga yetmagan O.Marjona hamda qarindoshi A.Dilnozalar bilan birga Sho‘rchi tumani «Navro‘z» mahallasi hududidan kesib o‘tgan avtomobil yo‘li chetki qismidagi piyodalar yo‘lakchasida S.Albinani uchratib, u bilan ilgaridan bo‘lib kelgan nizoli vaziyati bo‘yicha o‘zaro janjallashishadi.

U o‘z sherigi A.Dilnoza bilan birgalikda S.Albinani qasddan urib do‘pposlab, o‘zi bilan birgalikda olib kelgan 1 dona qaychi bilan S.Albinaning sochlarini kesib, unga tan jarohati yetkazishgan.

Holat bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, fuqaro S.Albina olgan tan jarohati «Yengil tan jarohatlar» ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.E’zoza va A.Dilnozalarga nisbatan 2021 yil 3 iyul kunida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi va 277-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda yosh ayolning sochi kesilib, samosud qilinishi yuzasidan bayonot berildi