O‘zbekiston Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Shuhrat Xoldorovich Otaboyev aksiyadorlik tijorat «Xalq banki» boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Shu paytgacha boshqaruv raisi vazifasida ishlagan Farhod Salomov esa boshqa ishga o‘tkazilgan. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qildi.
Shuhrat Otaboyev 1978 yilda tug‘ilgan. Dastlab Toshkent moliya instituti, keyinchalik Yaponiyaning Siyosiy fanlar milliy instituti hamda Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1995 yil Navoiy viloyatidagi 14-o‘rta maktabda ingliz tili o‘qituvchiligidan boshlagan. 1998 yildan boshlab Toshkent davlat texnika universiteti «Kamolot» jamoat markazida bosh hisobchi bo‘lib faoliyat yuritgan.
2001–2012 yillarda O‘zbekiston Markaziy bankida turli lavozimlarda mehnat qilgan. 2015-2017 yillarda AT «Xalq banki» boshqaruvi raisi o‘rinbosari, 2017–2018 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari, 2018–2021 yillarda «Ipoteka bank» ATB boshqaruvi raisi lavozimlarida ishlagan. 2021 yil fevral oyidan buyon esa O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari vazifasida mehnat qilib kelayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi