13:09 / 17.08.2021
1 858

Prezident rahbarlarga qo‘ygan o‘tkir talabi haqida gapirdi

Prezident rahbarlarga qo‘ygan o‘tkir talabi haqida gapirdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan intervyusida rahbarlar oldiga qo‘ygan o‘tkir talabi haqida aytgan.

«Men Prezident sifatida ish boshlagan birinchi kunlardanoq o‘z komandamni haqiqiy holatga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan balandparvoz gaplar va «chiroyli» raqamlarni yoqtirmasligimni aytib, qattiq ogohlantirganman.

Qanchalik achchiq va noqulay bo‘lmasin, men faqat to‘g‘ri va haqqoniy ma’lumotni bilishni istayman. Bu men uchun to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

Albatta, bu talabni hamma ham tushunib yetgani yo‘q, haliyam eskicha usulda ma’lumot berishga urinishlar bo‘lib turadi. Lekin men bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilaman. Ana shu haqiqatni tushunmaganlarning ko‘pchiligi bilan xayrlashdik va bu masalada talab doimo qattiq bo‘ladi.

Xalqimiz, Vatanimiz manfaatlari, jamiyatimizning kelajagi, farzandlarimizning baxtini ta’minlashga qaratilgan bugungi islohot jarayonlarining o‘zi shuni talab etmoqda. Bu borada boshqacha yo‘l tutishga haqqimiz yo‘q.

Yana bir bor aytaman, rahbar va mutasaddi shaxslar o‘rtasida kimki ana shu o‘tkir talabni tushunmasa, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ular bilan xayrlashamiz», degan davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident rahbarlarga qo‘ygan o‘tkir talabi haqida gapirdi