Agar inson yolg‘iz bo‘lsa, tevarak atrofida boshqa bir muloqotchi bo‘lmasa, tibbiy niqob taqishga ehtiyoj bo‘lmaydi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim boshlig‘i Dilorom Tursunova ma’lum qildi.
– Vaksinatsiyadan so‘ng ham tibbiy niqob taqish zarurligi aytilmoqda. Bunda vaksina olgan kishilar ham virus tashuvchi bo‘lish ehtimoli borligi nazarda tutilganmi? Qanday hollarda tibbiy niqob taqmaslik mumkin?
- «Koronavirusga qarshi immunitet vaksinaning ikkinchi dozasi olinganidan so‘ng 3 hafta o‘tib paydo bo‘ladi. Shu davr ichida odam kasallikdan to‘liq himoyalanmagan bo‘ladi. Shu bois har bir emlangan inson profilaktika choralarini ko‘rishi kerak.
Bundan tashqari, mamlakatimiz hududida tibbiy niqob taqib yurish tartibi hozircha bekor qilingani yo‘q. Emlanganmi, yo‘qmi – tibbiy niqob barcha uchun majburiy.
Agar inson yolg‘iz bo‘lsa, tevarak atrofida katta radiusda boshqa bir muloqotchi bo‘lmasa, tabiiyki, bunday vaziyatda yon-atrofda koronavirus yuqish va yuqtirish xavfi bo‘lmaydi. Bunday holatda o‘z-o‘zidan tibbiy niqob taqishga ehtiyoj qolmaydi», – deydi Dilorom Tursunova. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi