2 473
13 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan ona-bola aniqlandi
Foto: Kitob tumani hokimligi axborot xizmati
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy ta’lim berish bilan shug‘ullanib kelgan ona-bola aniqlandi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmatiga tayanib, NasafNews xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «Denov» mahallasida yashovchi fuqaro F.K. o‘zining yashash uyida Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi ikki nafar voyaga yetmagan bolaga hamda uning 19 yoshli qizi M.S. maktab yoshidagi 11 nafar o‘quvchi qizlarga yashash va o‘qishi uchun belgilangan talablarga javob bermaydigan joyda, hujra sharoitida diniy ta’lim berib kelgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rganishlar davomida fuqaro F.K. va uning qizi M.S. hech qanday rasmiy diniy ma’lumotga ega emas.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarga ruhiy yoki jismoniy tazyiq o‘tkazilgani yoki o‘tkazilmagani, taqiqlangan g‘oyalarni sindirilgan yoki sindirilmaganlik holatlari tekshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi