
Ayni paytda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Islom taraqqiyot banki Boshqaruv kengashining 46 yillik anjumanida nutq so‘zlagan Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tashqi siyosati haqida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda «Daryo».
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi — Markaziy Osiyo mintaqasida do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash hamda bu makonda farovonlik, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdir.
«Bu borada, biz, birinchi galda, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida savdo aloqalarini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, suv va energetika resurslaridan birgalikda foydalanish masalalariga katta ahamiyat qaratyapmiz.
Ikkinchidan, tarixdan ma’lumki, mintaqamiz Sharq va G‘arb, Shimol va Janub o‘lkalarini bog‘lagan muhim hudud sifatida tanilgan. Bu borada Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirish, ayniqsa, yangi transport koridorlarini rivojlantirish orqali ushbu mintaqalardagi iqtisodiy o‘sish hamda aholining hayot darajasini oshirishni maqsad qilib olganmiz.
Uchinchidan, Afg‘onistonda siyosiy barqarorlikni o‘rnatish va iqtisodiyotni tiklash — mintaqaviy xavfsizlik va taraqqiyotning ishonchli omilidir. O‘zbekiston doimo bu mamlakatdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori bo‘lib kelgan. Va hozirgi murakkab sharoitda ham jafokash afg‘on xalqiga qo‘limizdan kelgan barcha zarur yordamni ko‘rsatib kelmoqdamiz», — deydi davlat rahbari.
ToshkentIslom Taraqqiyot BankiShavkat MirziyoyevO‘zbekiston Tashqi SiyosatiMarkaziy OsiyoAfg‘onistonda Barqarorlik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar