09:55 / 09.09.2021
2 480

OTMlarida yangi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari e’lon qilindi

OTMlarida yangi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari e’lon qilindi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston OTMlariga qabul qilingan talabalarning yangi 2021/2022-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, pandemiya sharoitida respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligi hisobga olinib, farzandi to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, istisno tariqasida, 2021/2022-o‘quv yili uchun respublika OTMlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi.

Bunda OTMlarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olib (bakalavriat va magistratura), 2021 yil 1 noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022-o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foiz chegirma berilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, OTMlarda 2021/2022-o‘quv yili 6 sentabrdan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun an’anaviy (oflayn) shaklda boshlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » OTMlarida yangi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari e’lon qilindi