2 244
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha yangi formatdagi uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
SHHTning navbatdagi sammiti yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir qator muhim takliflarni ilgari surdi.
Xususan, O‘zbekiston rahbari SHHT - Afg‘oniston shaklida oliy darajadagi yangi uchrashuvlarni doimiy o‘tkazishni taklif qildi. Shavkat Mirziyoyev bunday uchrashuvning birinchisiga Toshkent mezbonlik qilishga tayyorligini bildirdi.
«Afg‘onistonning yangi rahbariyati bilan muhim aloqalarni tiklash orqali aloqalarimizni davom ettirish kerak. Shu bilan birga mintaqada ekstremizmning ehtimoliy o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Inson, shu jumladan, ayollar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash ham muhim masala», dedi Prezident Mirziyoyev.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti xalqaro va mintaqaviy hamkorlik, o‘zaro savdo va iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator takliflarni ham bildirib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi