09:25 / 22.09.2021
1 647

«Afg‘onistonni yakkalab, uni muammolar girdobiga tashlab qo‘yish mumkin emas» — Shavkat Mirziyoyev

«Afg‘onistonni yakkalab, uni muammolar girdobiga tashlab qo‘yish mumkin emas» — Shavkat Mirziyoyev
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida 21 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi doirasidagi umumiy munozaralar boshlandi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videomurojaat bilan so‘zga chiqib, Afg‘oniston muammosi haqida gapirdi.

Prezident o‘z nutqi davomida Markaziy Osiyo mintaqasida o‘zaro hamjihatlik va hurmat, yaqin qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi mutlaqo yangi siyosiy muhitini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlar qat’iy davom ettirilishini ta’kidladi.

«Bizning asosiy maqsadimiz — Markaziy Osiyoni farovon va barqaror rivojlanayotgan, ishonch va do‘stlik makoniga aylantirishdir. Buning uchun biz qo‘shni va yondosh mintaqalar bilan o‘zaro aloqalarni kuchaytirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz», — dedi O‘zbekiston yetakchisi.

O‘zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash to‘g‘risidagi BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surgani haqida ma’lum qilindi. Shu munosabat bilan Afg‘oniston Markaziy Osiyoning uzviy qismi ekani yana bir bor ta’kidlandi.

«Bu davlatda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilishidan nafaqat biz, qo‘shni mamlakatlar, balki butun dunyo manfaatdordir. Hozirgi qiyin davrda Afg‘onistonni yakkalab, uni muammolar girdobiga tashlab qo‘yish mumkin emas. Afg‘on masalasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’siri va ovozi har qachongidan ham kuchliroq yangrashi lozim», — deb ta’kidladi Prezident.

O‘zbekiston yetakchisi dunyoda xavf-xatar va ziddiyatlar, transmilliy tahdidlar tobora ortib borayotganiga e’tibor qaratdi. 2021 yil noyabr oyida Toshkentda BMTning Global aksilterror strategiyasi Markaziy Osiyo uchun rejasining o‘n yillik natijalari va istiqbollariga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya o‘tkazilishi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Afg‘onistonni yakkalab, uni muammolar girdobiga tashlab qo‘yish mumkin emas» — Shavkat Mirziyoyev