12:37 / 23.09.2021
2 565

Toshkent metrosida bir qiz o‘zini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘ldi

Toshkent metrosida bir qiz o‘zini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqda Toshkent metrosi bekatlaridan birida shaxsi noma’lum qiz o‘zini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘lgani aks etgan video tarqaldi.

"O‘zbekiston" metro bekatida sodir bo‘lgan ushbu voqeada bir qiz o‘zini poyezd tagiga tashlashga uringan. Lekin huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uning bu niyatini vaqtida payqab qolgan.

Qiz yugura boshlaganda metro posboni uni ushlab olgan va o‘rindiqlardan biriga o‘tirishiga yordam bergan. Hozircha Toshkent metropoliteni mazkur holatga izoh berganicha yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent metrosida bir qiz o‘zini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘ldi