20:43 / 24.09.2021
1 648

Bo‘kada 4 mlrd. so‘mga yaqin soliq qarzdorligi undirildi

Bo‘kada 4 mlrd. so‘mga yaqin soliq qarzdorligi undirildi
Majburiy ijro byurosi Bo‘ka tuman bo‘limi ish yurituviga Toshkent viloyat davlat soliq boshqarmasining 26.08.2021 yildagi 3025331-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor “APK BUKA” UKdan undiruvchi davlat foydasiga 1 mlrd. 124,1 mln. so‘m soliq qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 30.08.2021 yilda kelib tushgan.

Bundan tashqari, Toshkent viloyat davlat soliq boshqarmasining 17.09.2021 yildagi 10000910-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor “APK BUKA” UKdan undiruvchi davlat foydasiga 2 mlrd. 664 mln. so‘m soliq qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 17.09.2021 yilda kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjatlari yuzasidan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, qarzdor “APK BUKA” UKning hisob raqamiga inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan.
Byuroning Bo‘ka tuman bo‘limi va Toshkent viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor “APK BUKA” UK hisobidan 3 mlrd. 788 mln so‘m soliq qarzdorligi 22.09.2021 yilda davlat foydasiga to‘liq undirilib, ijro hujjati tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘kada 4 mlrd. so‘mga yaqin soliq qarzdorligi undirildi