Iqtisod fanlari doktori, professor Barnogul Sanakulova prezidentlik saylovidagi nomzodlarga berayotgan va’dalari bo‘yicha bir qancha savollar qo‘ydi.
Olima jurnalistlarga murojaat qilib deydi: "Hurmatli jurnalist va blogerlar, agar sizlar nomzodlarning saylovoldi tashviqotlarida ishtirok etsangiz, iltimos shu "va’dalar" turkumiga tegishli, aniq savollar ketma-ketligini berib, javoblarni talab qiling, iltimos, ishoning bu juda muhim va foydali!"
Nomzodlar tomonidan berilayotgan va’dalar, taklif tavsiyalarning piar uchun aytilmaganiga quyidagi ma’lumotlar ham xalqqa taqdim etilsagina ishonish kerak endi:
- Va’daning budjetga yuk bo‘lib tushishining umumiy hajmi;
- Va’daning aniq moliyalashtirish manbalari;
- Va’daning aniq bajarilish sanasi;
- Va’daning bajarilishi yuzasidan yuzaga kelish ehtimolligi bor muammolar ketma ketligi;
- Va’dani bajrilishi yuzasidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning aniq yechimi, narxi, moliyalashtirish manbalari;
- Va’daning qamrov darajasi va aniq manzili, ya’ni aholining qancha qismiga ta’luqli;
- Va’da bajarilmasa nomzodni jazolash usullari.
Aynan shu ma’lumotlar berilayotgan "va’dalar" bilan birga aytib borilsa, ma’lumotlar taqdim etilsa ishonish kerak! Aks holda bu quloqlarga yoqadigan "arzongina piar" xolos...
Bu orqali biz:
1. Xalqning ijtimoiy ongi oshganini, avvalgidek "esov" bo‘lib, berilgan va’dalarni esidan chiqarib, har gal bir xil va’dalarni eshitishga tayyor emasligini nomzodga yetkazgan bo‘lamiz.
2. Berilgan va’dalarning qiymati, narxi, muddati, moliyalashtirish manbalari, bajarilish muddatining aniq talab qilinishi ertaga saylangan nomzoddan talab qilishni, eslatishni va bajarishga majbur qilish "jarayonini" karrasiga osonlashtiradi.
3. Va’dalarni amalda bajarish tezligini karrasiga osonlashtiradi, "eslatish jarayoni"ni bloger va jurnalistlar uchun "bezarar"ligini ta’minlashga xizmat qiladi, ya’ni va’da eslatilganda, talab qilinganda nomzodni o‘zi taqdim etgan va’daga taaluqli ma’lumotlar "manbasi" keltirish imkoniyati shakllanadi.
4. Bunday savollarni berib, so‘roq qilishimiz orqali bugungi saylovchi o‘tmishdagilardan farq qilishini, ertaklarga endi ishonmasligini, tarixiy xotirasi shakllanganini, arzon piar instrumentlarini allaqachon o‘zlashtirganini, farqiga borishini nomzodlarga oson va arzon yetkazib qo‘ygan bo‘lardi.
5. G‘olib bo‘lgan nomzod uchun esa ish stolida 5 yil davomida turishi lozim bo‘lgan "eslatma"ni yaratib bergan bo‘lar edik. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi