
Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Prezidentining 2021 yil 23 martdagi «Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi 29 ta vazirlik va idoralarda o‘rganilgan.
Vazirlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, o‘rganish jarayonida Prezident farmoni bilan aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan talab qilinishi bekor qilingan hujjatlarni davlat xizmati ko‘rsatishda aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan so‘rab olingani (ortiqcha hujjatlar olingani) uchun vazirlik va idoralarning 9 nafar xodimi ma’muriy javobgarlikka, 32 nafari intizomiy javobgarlikka tortildi.
Adliya vazirligi barcha davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari rahbarlarini aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini ovora qilmaslikka, ulardan qonun hujjatlarida belgilanmagan hujjatlarni talab qilib olmaslikka chaqiradi, – deyiladi xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar