Kadr: YouTube
Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonovning Urganch shahar aeroportidan Istanbulga ucha olmagani, bunga Majburiy ijro byurosi tomonidan qo‘yilgan taqiq sabab bo‘lgani aytilgan videomurojaat tarqaldi. MIB axborot xizmati rahbari Farruh Toshpo‘latovning ma’lum qilishicha, idora tomonidan mazkur murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan.
Videomurojaatda qayd etilishicha, Jahongir Otajonov o‘g‘lining operatsiyasi sabab Istanbulga uchishi kerak bo‘lgan. Ammo aeroportda uning mamlakatdan chiqishi uchun taqiq qo‘yilgani aytilgan. Bunga uning MIBdan qarzdorligi borligi sabab qilib ko‘rsatilgan.
MIB tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida fuqaro Jahongir Otajonov tomonidan sudlar qarorlariga asosan — fuqarolar S.F., M.S. va Ye.I.ga 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment undiruviga oid uchta ijro ishlari mavjudligi aniqlangan.
Ushbu ijro ishlari bo‘yicha byuro organlari tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan. Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Jahongir Otajonovdan undiruvchi S.F. foydasiga aliment undirish belgilangan. Byuroning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan va undiruvchi S.F. ijro hujjatini ijrosiz qaytarish yuzasidan ariza bilan murojaat qilgani sababli, 2020 yil 21 yanvarda ijro hujjati undiruvchiga qaytarilgan va ijro ishi tamomlangan.
Shuningdek, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining ijro hujjatlariga asosan qarzdor Jahongir Otajonovdan undiruvchilar M.S. va Ye.I. foydasiga aliment undirish belgilangan. Byuroning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan va uning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtinchalik cheklangan.
Ta’kidlanishicha, mazkur taqiqlar «Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunning 42-1-moddasiga muvofiq qo‘yilgan.
«Respublikamizda sud qarorlariga ko‘ra, 300 mingdan ortiq alimentga oid ijro ishlari mavjud bo‘lib, 400 mingdan ortiq voyaga yetmagan farzandlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish bugungi kunning dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Qarzdor fuqarolar o‘z vaqtida aliment bo‘yicha to‘lovlarni to‘lab borsa yoki o‘zaro kelishuvga ko‘ra, to‘lovlarni amalga oshirib, moddiy ta’minoti masalasiga e’tibor bersa, undiruvchilar tomonidan sudlarga ham murojaat qilishiga hojat ham qolmaydi», — deyiladi MIB munosabatida.
Eslatib o‘tamiz, Jahongir Otajonov 2020 yil oxirida «shar’iyatga to‘g‘ri kelmagani uchun» san’atdan ketganini e’lon qilgan edi. Yanvar oyi boshida esa Jahongir Otajonov navbatdagi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng u rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilmagan «Xalq manfaatlari» partiyasiga a’zo bo‘ldi, fevral oyida esa «partiya vakillari bilan bo‘lgan tushunmovchiliklar tufayli» partiyani tark etdi.
May oyida sobiq xonanda Turkiyadan O‘zbekistonga qaytdi va «Erk» muxolifat partiyasi faoliyatini qayta tiklashni rejalashtirayotganini bildirdi. May oyi oxirida u «BBC O‘zbek» nashriga bergan intervyusida partiya yig‘ilishi vaqtida uyiga bir guruh erkak va ayollar bostirib kirganini aytgan.
Iyun oyida esa videochiqishlarining birida hujjatsiz rulga o‘tirgan ukasining mashinasini jarima maydonchasiga joylashtirib qo‘ygan ichki ishlar xodimlarini «davlat va xalq xoinlari» deb atadi, keyinroq bu so‘zlari uchun uzr so‘rab chiqdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin