Foto: Hurriyet
O‘zbek muxlislariga «Osiyo» serialidagi ijrosi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Murat Yildirim «Aziz» serialida yosh ko‘rinish uchun ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi.
Serialda Murat Yildirimdan tashqari, Damla Sonmez va Simay Barlaslar bosh qahramon rolini gavdalantiradi. Undagi voqealar XX asrning 30 yillari Turkiyada sodir bo‘ladi. Antakyada suratga olinayotgan serialning boshlanishini muxlislar intiqib kutmoqda.
Serial uchun «yashargan» Murat Yildirim unda Aziz Paydar ismli qahramonni gavdalantiradi. «Men ‘Ramo’ loyihasidan keyin biroz dam olaman deb o‘ylagandim, ammo yangi serialning syujeti menga shunchalik yoqqanidan suratga tushishga rozi bo‘ldim. Jamoatchilikka ham yoqadi degan umiddaman», — degan aktyor.
Shuningdek, u roli uchun 10 kilo vazn tashlashga majbur bo‘lganini ta’kidlagan. «Vazn tashlash biroz qiyin bo‘ldi, ammo men 2 oy ichida yaxshigina ozdim», — deb qo‘shimcha qilgan u. Ma’lumot uchun, «Aziz» serialining premerasi bugun, 5 noyabr kuni Turkiya vaqti bilan kechki soat 20:00 da, Show Tv kanalida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...