18:18 / 18.11.2021
2 404

Qish mavsumida qanday mahsulotlarni iste’mol qilish foyda beradi?

Qish mavsumida qanday mahsulotlarni iste’mol qilish foyda beradi?
Qish mavsumida ovqatlanish immunitetni saqlash va tanadagi issiqlikni saqlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bu haqda diyetolog Irina Pisareva «Vechernyaya Moskva» nashriga bergan intervyusida o‘z tavsiyalarini aytib o‘tdi.

Sovuq mavsumda yarim tayyor mahsulotlar va fastfudlarni iste’mol qilishdan voz kechish kerak. Ular immunitet tizimini buzadi. Buning o‘rniga mavsumiy mahsulotlarga ustunlik berish yaxshidir.

«Qishda xurmo, behi va turp tanani vitaminlar bilan to‘yintirishga yordam beradi. Ular metabolizmni sekinlashtirmaydi»,— deya ta’kidlagan Pisareva.

Imkon boricha non mahsulotlari, sut, makaron, kartoshka, qayta ishlangan jo‘xori uni yormalari, maydalangan guruch, kraxmal va jelatinli oziq-ovqatlardan voz kechish yoki hech bo‘lmaganda foydalanishni kamaytirishga harakat qilish zarur. Sababi bu kabi mahsulotlar imunitetni susaytirib, kasalliklarga chalinishga moyil qilib qo‘yadi.

Tuzlangan karam va muzlatilgan rezavorlar kabi C vitaminiga boy ovqatlar salomatlikni saqlashga yordam beradi.

Diyetolog, shuningdek, qishda kunlik kaloriya iste’molini cheklamaslikka chaqirgan. Shunda tana sovuq havo bo‘lishiga qaramasdan tanada issiqlik hosil qilish uchun kuchga ega bo‘ladi. Bunga tarkibida omega yog‘ kislotalari (baliq, avakado, zaytun moyi, yong‘oq) bo‘lgan ovqatlar kiradi.

Ichimliklar orasida o‘simlik choyi va infuziyalariga, shuningdek, yangi siqilgan sharbatlarga ustunlik berish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qish mavsumida qanday mahsulotlarni iste’mol qilish foyda beradi?