Foto: Telegram / Inkuzart
Toshkentdagi «O‘zbekneftgaz» yonilg‘i quyish stansiyasi yaqinida benzin narxining oshishiga bag‘ishlangan strit-art paydo bo‘ldi. @inkuzart taxallusi bilan ijod qilayotgan ko‘cha rassomi Abdurahmon 19 noyabr kuni o‘zining Instagram’dagi sahifasiga suratning paydo bo‘lishi tasvirlangan videoni joylashtirgan.
Tasvir Uchtepa tumanida Katta Qa’ni ko‘chasidagi uylardan birining devoriga chizilgan. Unda do‘ppi kiygan erkak yonilg‘i quyish pistoleti yordamida boshiga «otayotgani» tasvirlangan. Oradan bir necha soat o‘tgach, internetda mazkur strit-art bo‘yab tashlangani tasvirlangan surat paydo bo‘ldi.
Foto: Telegram / Trolluz
«Gazeta.uz»ning qayd etishicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mazkur ijod ishini oldinroq Seul (Janubiy Koreya)dagi ko‘chalarning birida chizilgan strit-artga o‘xshatgan.
Foto: Street-art-avenue
Yeslatib o‘tamiz, sentabr boshida @inkuzart O‘zbekiston avtomobil bozoridagi monopoliyaga bag‘ishlangan strit-art chizgandi. Unda mashina uchun uzun navbat va navbat boshida qizil shapkali inson tasvirlangandi. Keyinroq ushbu tasvir to‘liq o‘chirib tashlangan, poytaxt hokimligi va «O‘zavtosanoat» bu ishga aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?