00:05 / 25.11.2021
2 056

«Kelgusi yilda 80 ming gektar yer aholiga bo‘lib beriladi» — Shavkat Mirziyoyev

«Kelgusi yilda 80 ming gektar yer aholiga bo‘lib beriladi» — Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish, meva-sabzavotchilik klasterlari va tomorqa xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Unda davlat rahbari kelgusi yilda paxta va g‘alladan bo‘shagan yer aholiga bo‘lib berilishini ma’lum qildi.

«Yaqinda qabul qilingan qarorlar bilan paxta-to‘qimachilik va g‘alla klasterlari faoliyati bilan bog‘liq barcha masalalar hal qilib berildi.
Buning hisobidan to‘qimachilik sanoati korxonalari eksporti joriy yilda 3 milliard dollardan, kelgusi besh yilda esa 7 milliard dollardan oshiriladi.

Xuddi shunday ishlab, meva-sabzavotchilik eksportini bugungi 1,2 milliard dollardan kamida 5 milliard dollarga ko‘paytirish bo‘yicha barcha imkoniyatlar bor", dedi davlat rahbari yig‘ilish avvalida. Bunda:
  • kelgusi yilda paxta va g‘alladan bo‘shagan 80 ming gektar yer aholiga bo‘lib beriladi;
  • 70 ming gektar yer foydalanishga qaytariladi;
  • aholining o‘zida 500 ming gektar atrofida tomorqa yerlari mavjud. Ushbu yerlardan qo‘shimcha 10 million tonna mahsulot olish, 1,5 million aholini band qilish va 800 million dollarlik eksport qilish uchun sharoit yaratiladi», — dedi prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Kelgusi yilda 80 ming gektar yer aholiga bo‘lib beriladi» — Shavkat Mirziyoyev