Foto: «Uza.uz»
Turkiston shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning XIX yig‘ilishi hamda Hududlararo hamkorlik III forumi bo‘lib o‘tdi.
Oxirgi besh yil ichida O‘zbekistonda Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar soni qariyb 6 barobar oshib, 1048 taga yetdi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi 4 yilda qariyb 60 foiz o‘sib, yiliga 3 milliard dollardan ziyodni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning topshiriqlariga asosan Hukumatlar rahbarlari zimmasiga o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2022 yilda 5 milliard dollarga, keyingi 5 yilda esa 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha vazifa yuklatilgan.
Ushbu maqsadga erishish uchun qo‘shma ulgurji tarqatish markazlarini yaratish loyihasini imkon qadar tezroq amalga oshirish kerakligi belgilandi.
Shuningdek, kimyo, elektrotexnika, farmatsevtika, yengil sanoat, mashinasozlik, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi «Yo‘l xaritasi»ni qabul qilish muhim ahamiyatga ega.
Ikki davlat chegaradosh hududida tashkil etilayotgan Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi (XSKM) mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim nuqtaga aylanishi mumkin.
Transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish ham ikki tomon uchun birdek manfaatlidir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...