2 522
Endi texpasport va sug‘urta polisi yonida bo‘lmagani uchun javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinadi
IIV YHXBB boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov 2 dekabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida yo‘l-transport sohasidagi ayrim tartiblarga kiritilgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi, deya xabar qilmoqda Kun.uz nashri.
Qayd etilishicha, 2022 yil 1 martdan boshlab haydovchi yonida texnik pasport va sug‘urta polisi mavjud bo‘lmasa javobgarlikka tortilmaydi. Faqat uning yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjat — biometrik pasport yoki ID karta bo‘lishi talab etiladi. Ushbu yangi tartib jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash bo‘yicha prezident farmonida belgilangan.
“Transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar –texnik pasport va sug‘urta polisi yonida bo‘lmagani uchun javobgarlikka tortish tartibi bekor qilindi. Bunda haydovchi yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati – biometrik pasporti yoki ID kartasi mavjud bo‘lsa yetarli”, dedi Bozorov.
Ma’lum qilinishicha, farmon asosida transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish tartibini buzganlik uchun jarimaning eng ko‘p miqdori 735 ming so‘mdan 490 ming so‘mga kamaytirildi.
Shu bilan birga, tezlik oshirib yuborilganda radarda qayd etilgan tezlikdan 5 km/soat ayirib jazo qo‘llash tartibi joriy etiladi.
“Bu nima degani? Oldingi tartibda transport vositasini boshqarganda tezlik belgilangan me’yordan 5 km/soat yuqori bo‘lsa, shu chegirilardi. Yangi tartib bo‘yicha esa qayd etilgan tezlikdan 5 km/soat ayirib tashlanadi. Bu 5 km/soat tezlik belgilangan joyda 93 yursa, haydovchi oldingi tartib bo‘yicha katta jarimaga tortilardi. Hozirgi kunda 5 km/soat ayirib tashlashi hisobiga bu 88 km/soat bo‘ladi va bunda jarima kamroq bo‘ladi”, dedi boshqarma vakili.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni imzolagandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi