12:45 / 22.12.2021
1 824

Singlisiga gap otgan erkakdan o‘ch olgan aka uzoq muddatga qamaldi

Singlisiga gap otgan erkakdan o‘ch olgan aka uzoq muddatga qamaldi
Joriy yilning 21 martidan 22 martiga o‘tar kechasi Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida bir erkak shafqatsizlarcha o‘ldirilib, quduqqa tashlab yuborilgan. Marhum 3 nafar bolaning otasi edi.

Sud hujjatlarida qayd etilishicha, yigit erkakni singlisiga gap otganlikda gumonlab, uni aldov yo‘li bilan, go‘yoki qiz bola bo‘lib Telegramda gaplashib, uchrashuvga chaqiradi.

Aka o‘zining bu rejasini uch nafar qarindoshiga ham aytadi. Uchrashuv chog‘ida aka kutilmaganda erkakning bo‘yniga pichoq sanchadi. Jabrlanuvchi bunga jiddiy qarshilik ko‘rsatayotganida, mashinaning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan sheriklar erkakning qo‘llarini ushlab turishadi. Yigit erkakning turli joylariga pichoq urib, uni o‘ldiradi.

Shundan so‘ng, ular marhumga tegishli mashinada qo‘shni qishloqqa borishadi va uning jasadi hamda buyumlarni o‘sha yerda yashovchi qarindoshining hovlisidagi quduqqa tashlab yuborishadi. Shuningdek, mashinadagi 20 mln so‘m pulni ham talon-toroj qilishadi.

Jinoyatga doir hujjatlar ko‘rib chiqilib, sud hukmi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, uch bolaning otasini o‘ldirgan akaga nisbatan 19 yil, uning uch sherigidan 2 nafariga 18 yil va bir nafariga esa 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Singlisiga gap otgan erkakdan o‘ch olgan aka uzoq muddatga qamaldi