«Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–52-son, 15.01.2022 y.) qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2023 yil 1 yanvargacha turizm sub’ektlari va aviatashuvchilarning xorijdan O‘zbekistonga charter reyslari uchun xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun (kamida 5 kecha tunaganda) 10 AQSH dollari, qishda (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 25 AQSH dollari miqdorida Davlat budjetidan qoplab beriladi.
2022 yil 1 maydan yoshlarning tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir tashabbuskorga 50 mln so‘m miqdorida, jami 10 mlrd so‘mgacha grantlar ajratiladi.
Bunda grant mablag‘lari:
- onlayn to‘lovlarni qabul qiluvchi veb-sayt yaratishga, xorijdagi turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yo‘naltiriladi;
- grant mablag‘lari xorijdan O‘zbekistonga 3 yil kamida 200 nafar turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.
Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash 2021 yil 1 sentyabrdan to‘xtatilgan.
Shu sababli 2022 yil 1 fevraldan 2023 yil 1 yanvargacha Jamg‘armaga har oyda 2,5 mlrd so‘m miqdorida qo‘shimcha mablag‘lar Davlat budjetidan ajratiladi.
Ushbu mablag‘lar hududlardagi salohiyatli turizm ob’ekti va maskanlarini turistlar tashrifi uchun tayyorlash va ularni targ‘ib qilish kabi maqsadlar uchun sarflanadi.
Farmon bilan shuningdek, qadamlar uchun pul to‘lash tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Unga muvofiq, endilikda 1 sutkada 10 ming va undan ko‘p qadam yurgan 18 yosh va undan katta fuqarolar o‘rtasida yutuqli o‘yinlar o‘tkaziladi.
Har oy yakunida esa yutuqli kuponlar o‘rtasida qimmatbaho sovrinli o‘yinlar o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi