14:00 / 21.01.2022
1 418

Xorazmda tadbirkordan katta pul undirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Xorazmda tadbirkordan katta pul undirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqarolar S.I. va R.D.lar oldindan til biriktirib, «B.Q.» MCHJ rahbarining yuk avtotransport vositalarini xarid qilish uchun 10 mlrd so‘m kredit olish istagi borligidan foydalanib, ushbu kredit mablag‘ini bank muassasasida ishlovchi tanishlari orqali ajratilishida yordam berishlari evaziga 45 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda tadbirkordan katta pul undirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi