14:10 / 11.02.2022
1 547

O‘zbekistonlik xaker xorijiy banklardan 50 mln dollar o‘g‘irladi

O‘zbekistonlik xaker xorijiy banklardan 50 mln dollar o‘g‘irladi
Kadr: Telegram
Internet orqali Shveysariya banklaridan 50 million dollardan ortiq mablag‘ o‘g‘irlagan o‘zbekistonlik xaker sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda UzReport telekanali orqali efirga uzatilgan lavhada ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, kasbi dasturchi bo‘lgan 26 yoshli G‘.P. Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik), 177-(valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish), 242- (jinoiy uyushma tashkil etish), 243-moddalari (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Mahkumning so‘zlariga ko‘ra, u dastlab internet orqali Isroil bankidan 35 million dollar o‘g‘irlab, «izlarni yo‘qotish» uchun pullarni yettita davlatning banklari orqali aylantirgan. Bundan tashqari, u 165 milliard 792 million so‘mni (taxminan, 15,2 million dollar) shu usulda o‘g‘irlagan.

G‘.P. Turkiyadan Rossiyaga qaytayotganida qo‘lga olingan va O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirilgan. Hibsga olinguniga qadar esa xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda o‘zbekistonlik dasturchilar 15 daqiqa ichida bankomatni «buzib» xalqaro tanlovda 3-o‘rinni egallagandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik xaker xorijiy banklardan 50 mln dollar o‘g‘irladi