Ichki ishlar organiga murojaat qilgan erkakning o‘ziga nisbatan jinoyat ishi ochildi

1 daqiqa o'qish1.9K
Ichki ishlar organiga murojaat qilgan erkakning o‘ziga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Namangan viloyatida er xotinini qo‘rqitib qo‘yish uchun uyida yolg‘on o‘g‘irlik uyushtirdi. Bu haqda Prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Namangan viloyatining Namangan tumani Qo‘rg‘oncha-2 ko‘chasida yashovchi 34 yoshli T.X. ichki ishlar organlarining «102» qisqa raqamiga murojaat qilgan. U joriy yilning 13 fevralga o‘tar kechasi noma’lum shaxs uning yashash xonadoniga devor oshish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi yotoq divani ostida saqlayotgan 6 mln. so‘m pulni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov davomida, ushbu jinoyatni hech kim sodir etmaganligi, aksincha, uni xonadon egasi T.X. reja asosida qasddan o‘zi uyushtirganligi, bunga sabab qilib, birga yashovchi turmush o‘rtog‘i uning ruxsatisiz pullarini olib qo‘yayotganligi uchun uni qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lib IIBga yolg‘on xabar berganligi aniqlangan.

Mazkur jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandidan 237-moddasi 1-qismi (yolg‘on xabar berish)ga qayta malakalanib, shu kuning o‘zidayoq T.X. gumonlanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?