Farg‘ona viloyatining Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida 7 fevral kuni qimorbozlik bilan shug‘ullangan bir guruh shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati IIB, viloyat DXX, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Farg‘ona shahar Sanoat ko‘chasida joylashgan uyning ikkinchi qavatida Marg‘ilon shahrida yashovchi fuqaro beshta tanishi bilan qimor va tavakkalchilikka asoslangan lotto o‘yinini tashkil qilgani aniqlangan. Ular 42 nafar fuqaroni jalb qilib, qimor o‘yinlari o‘tkazib kelgan. Ulardan jami 12 million 247 ming so‘m va 17 xil buyum ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kuni tadbirlar davomida Marg‘ilon shahri «O‘rdatagi» mahallasi Mustaqillik ko‘chasidagi ovqatlanish binosining ikkinchi qavatida shu shaharda yashovchi fuqaro 3 nafar tanishi bilan lotto qimor o‘yinini tashkil qilgani aniqlangan. Ular 49 nafar fuqaroni jalb qilgan holda, qimor o‘tkazib kelayotganda tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.
Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish)ning tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi