14:20 / 01.03.2022
949

Olib borilgan qidiruv harakatlaridan so‘ng bola onasiga qaytarildi

Olib borilgan qidiruv harakatlaridan so‘ng bola onasiga qaytarildi
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi inspektorlari va hamkor tashkilotlar bilan olib borilgan ijro harakatlari davomida Yangiqo‘rg‘on tumanida 9 yoshli bola onasiga qaytarildi.

Ma’lum qilinishicha, Byuroning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlarvo sudining 2021 yil 7 dekabrdagi ijro varaqasiga asosan M.U.ga 2013 yilda tug‘ilgan qizi K. P.ni javobgar U.Z.dan olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lgan.

Bo‘lim tomonidan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilib, ish bo‘yicha qarzdorga sud qarori ijrosini ta’minlash majburiy ekanligi tushunatirilgan. Biroq, ogohlantirishga qaramay qarzdor ixtiyoriy muddatda farzandini berishdan bosh tortdi.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida farzand onasi tarbiyasiga topshirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olib borilgan qidiruv harakatlaridan so‘ng bola onasiga qaytarildi