Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Vashingtonga tashrif buyurdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki kunlik tashrif davomida Jahon banki prezidenti Devid Malpass, bankning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Berde, Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) Boshqaruvchi direktori Maxtar Diop, AQSH savdo vaziri Jina Raymondo, shuningdek, uning birinchi o‘rinbosari Don Greyvs, AQSH savdo vakili Ketrin Tay, AQSH Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Skott Natan hamda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ma’muri Samanta Pauer bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan.
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Olib borilgan muzokaralar doirasida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni ilgari surishni kuchaytirish, sanoat, energetika, infratuzilmaviy rivojlanish sohalari, bank-moliya sektori va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha investitsiyalar va texnik yordam jalb qilishni nazarda tutgan holda, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘tarildi va har tomonlama ko‘rib chiqilgan.
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
O‘zbekiston—AQSH tovar aylanmasini ko‘paytirish va diversifikatsiya qilish, investitsiyalar sohasida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, sanoat va qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlarida AQSH ilg‘or texnologiyalari va innovatsiyalarini joriy etish kabi masalalar muhokama qilingan. Shuningdek, Amerika kompaniyalarini O‘zbekistonda biznes yuritishga jalb qilish bo‘yicha birgalikda ish olib borish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish hamda o‘zaro biznes va savdo missiyalarini tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘rish, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayoni doirasidagi hamkorlik mexanizmlari yuzasidan muhokamalar o‘tkazilgan.
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Tashrif yakunlari bo‘yicha savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsiyalar va texnologiyalar hamda moliyaviy-texnik yo‘nalishlarida O‘zbekiston—Amerika hamkorligini yanada chuqurlashtirish borasida qator kelishuvlarga erishilgan.
Avvalroq Abdulaziz Komilov Vashingtonda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokara o‘tkazgandi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi hamda strategik sheriklik munosabatlarining 20 yilligi munosabati bilan o‘zaro tabriklar almashilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...