19:27 / 29.03.2022
1 154

“Matiz” avtomashinasi Guliston tumanidan topildi

“Matiz” avtomashinasi Guliston tumanidan topildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudining 2019 yil 30 oktabrdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor A.E.dan undiruvchi D.M.ga 15 000 000 so‘m ma’naviy zarar undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati byuroning Guliston tumani bo‘limiga kelib tushgan kundan ishga kirishgan. Zarar vaqtida to‘lanmaganligi sababli, ijro ishi doirasida qarzdorga tegishli “MATIZ” rusumli avtomashinasiga nisbatan 2020 yil 23 dekabr kuni qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, “MATIZ” rusumli avtomashina Guliston tumanidagi xonadonlarning birida turganligi aniqlanib, xatlandi va vaqtincha saqlash uchun Guliston shaharda joylashgan YPX maskaniga olib borildi. Hozirda qarzni undirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Matiz” avtomashinasi Guliston tumanidan topildi