Inqiroz davrida kelajakda foydalanish uchun nima sotib olsam bo‘ladi, degan savol juda ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘yadi. «Domashniy ochag» nashri uzoq vaqt davomida saqlanishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar haqida ma’lumot beradi.
Dukkaklilar
Foto: «Domashniy ochag»
Fasol, no‘xat, yasmiq va boshqa dukkaklilar yillar davomida burishishi, rangini o‘zgartirishi mumkin, ammo ularni iste’mol qilsa bo‘ladi. 30 yil davomida saqlangan loviya namunalari o‘rganilganda mahsulotning ozuqaviy qiymati va tarkibi o‘zgarmaganligi aniqlangan.
Tuz
Tuz mineral modda bo‘lgani uchun ham buzilmaydi. Agar namlansa, qotib qolishi mumkin, ammo xususiyatlarini o‘zgartirmaydi. Yodlangan tuz haqida bunday deyolmaymiz — bu mahsulot bir yilgacha saqlanishi mumkin.
Bu davrda yod bug‘lanadi va u bilan birga tuzning ozuqaviy qiymati ham yo‘qoladi. Ammo baribir oddiy osh tuzi sifatida foydalanish mumkin.
Sirka
Foto: «Domashniy ochag»
Oq sirka quyosh nuri va isitgichlardan uzoqroq bo‘lsa, umuman buzilmaydi. Aks holda shishada cho‘kindi hosil bo‘lishi, mahsulotning ta’mi ham o‘zgarishi mumkin.
Shakar
Tuz kabi shakarning ham yaroqlilik muddati yo‘q va uzoq vaqt davomida asl ko‘rinishini saqlab qoladi. Biroq nam xonada granulali shakar qotib qolishi mumkin. Ammo bu holatda ham uni iste’mol qilish mumkin.
Jigarrang shakar va shakar kukuni ham o‘z xususiyatlarini yo‘qotmasdan yillar davomida saqlanadi.
Asal
Foto: «Domashniy ochag»
Tabiiy asal — tabiat tomonidan yaratilgan noyob mahsulotdir. Ishlab chiqaruvchi unga sirop va qo‘shimcha ingrediyentlarni qo‘shmagan bo‘lsa, u achimaydi yoki buzilmaydi. Asaldagi kislotali muhit ko‘pchilik bakteriyalar uchun zararli. Yillar o‘tgan sari asal tarkibi asta-sekin kristallashadi, ya’ni asal endi suyuq bo‘lmaydi, lekin xuddi oldingiday shirin bo‘lib qolaveradi.
Guruch
Guruch sovuqni yaxshi ko‘radi. Uni saqlash uchun eng yaxshi harorat 5-15 daraja. Agar shunday harorat bo‘lsa, guruch kamida 30 yil davomida o‘z xususiyatlarini va ozuqaviy qiymatini saqlab qoladi.
Xona haroratida havo o‘tkazmaydigan idishdagi guruch 1,5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatda saqlanishi mumkin.
Quruq sut
Agar sut kukuni barcha sanitariya me’yorlariga rioya qilingan holda ishlab chiqarilgan bo‘lsa, u ko‘p yillar davomida ozuqaviy qiymatini yo‘qotmasdan saqlanishi mumkin. Mahsulotni mahkam yopiladigan qopqoqli idishga solib, quruq joyda saqlang.
Qoq go‘sht
Foto: «Domashniy ochag»
Go‘sht to‘g‘ri va barcha xavfsizlik standartlariga muvofiq quritilgan bo‘lsa, uni quruq, salqin va qorong‘i joyda 50 yilgacha saqlash mumkin. Bu mahsulot hali muzlatgichlar bo‘lmagan paytda Amerikaning tubjoy aholisini ochlikdan qutqarib qolgan.
Soya sousi
Ochilgan soya sousi 3 yilgacha saqlanishi mumkin. U begona hidlarni o‘zlashtirib, ozgina cho‘kma hosil qilishi mumkin, ammo baribir uning ta’mi va foydali xususiyatlari saqlanib qoladi.
Ammo yopiq shishadagi sous esa ishlab chiqaruvchi mahsulotni qadoqlashdan oldin tabiiy fermentatsiya jarayonini to‘xtatgan bo‘lsagina, uzoq yillar davomida saqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi