
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Ch.T.» MCHJ bosh muhandisi M.Sh. va boshqalar «G.I.» MCHJ tomonidan Yunusobod tumanda amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha dalolatnomani tasdiqlab, amalga oshirilgan ishlar uchun 30 mln so‘m o‘tkazib berilganligi hamda MCHJ lar o‘rtasida 300 mln so‘mlik shartnoma tuzishganligi evaziga «G.I.» MCHJ rahbaridan 1 950 AQSH dollari talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og‘dirib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bosh ProkuraturaToshkent ShaharTadbirkorlik HuquqlariMCHJ Bosh MuhandisiJinoyat KodeksiTezkor Tadbir O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar