17:45 / 21.04.2022
1 133

Toshkentda Hyundai Sonata YPX xodimini urib yuborgani yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

Toshkentda Hyundai Sonata YPX xodimini urib yuborgani yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
Kadr: Telegram
20 aprel kuni Toshkentdagi chorrahalarning birida xizmat olib borayotgan YPX xodimini mashina urib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. YHXXning ma’lum qilishicha, ko‘ngilsiz hodisa haydovchining e’tiborsizligi oqibatida yuzaga kelgan.

20 aprel kuni, taxminan, soat 10:40 larda poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani Abdulla Qodiriy va Mahatma Gandi ko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori Farhod Sayxamatovning oyog‘ini fuqaro A.T. boshqaruvidagi Hyundai Sonata rusumli avtomashinada bosib ketgan.

Shundan so‘ng Hyundai haydovchisi yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olgan YPX xodimini shifoxonaga olib borib, birinchi yordam ko‘rsatgan.

«Chorrahada to‘qnashuv sodir bo‘lgan ekan. Abdulla Qodiriy yo‘nalishida harakatlanib kelayotganimda YPX xodimi ularga (to‘qnashuv ishtirokchilariga — tahr.) yordam ko‘rsatayotgan ekan. Ehtiyotsizlik oqibatida mashinamning orqa chap balloni bilan xodimning oyoqlarini bosib o‘tdim», — deydi haydovchi.

Ta’kidlanishicha, sodir bo‘lgan voqea yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Hyundai Sonata YPX xodimini urib yuborgani yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi